Asosiy qismga ötiş
yangiça

2 daqiqa öqişga

Tutuq belgisi: qaysi belgi töğri

Yangi alifboda 28 ta harf va tutuq belgisi bor. Tutuq belgisi — ʼ, Unicode raqami U+02BC. Boşqa heç qanday belgi emas.

Nega bunça çalkaşlik

Klaviaturada bu belgining özi yöq, şuning uçun har kim qöl ostidagini bosgan. Matnlarda beşta har xil belgi yuribdi: ' oddiy apostrof, ’ tipografik qöştirnoq, ` teskari urğu, va bir-biriga juda öxşaş ikkita modifikator harf — ʻ bilan ʼ.

Oxirgi ikkitasi eski imloda ikki xil iş qilardi. ʻ (U+02BB) oʻ va gʻ tarkibida turardi, yaʼni harfning bir qismi edi. ʼ (U+02BC) esa tutuq belgisi. Közga deyarli bir xil köringani uçun ular yigirma yil davomida aralaştirib yozilgan.

Islohotdan keyin oʻ va gʻ örniga ö va ğ keldi, demak ʻ endi umuman kerak emas. Bitta belgi qoldi — ʼ.

Qayerda qöyiladi

Tutuq belgisi köpinça arab tilidan kirgan sözlarda uçraydi. U özidan oldingi unlining çöziq aytilişini yoki ikki tovuşning alohida aytilişini körsatadi: sanʼat, maʼno, aʼlo, shuʼla, sunʼiy.

Bu tiniş belgisi emas, harf. U söz içida yaşaydi: qöştirnoq kabi sözni örab turmaydi va tire kabi sözni bölmaydi.

Isʼhoq dagi ajratgiçga endi hojat yöq

Eski imloda Isʼhoq va asʼhob sözlaridagi belgi faqat bitta iş qilardi: sh ni bir tovuş deb öqişdan saqlardi. Endi ş alohida harf, s bilan h yonma-yon turganda heç qanday çalkaşlik yöq — Ishoq deb yozilaveradi.

Imlo qoidalarining yangi tahriri hali çop etilmagani uçun konvertorimizda bu tanlov oçiq qoldirilgan: ajratgiçni olib taşlaş yoki joyida qoldiriş sizning ixtiyoringizda.

Nima qiliş kerak

Yozayotganda ʼ ni qöying. Uni qayerdan oliş kerakligi Klaviatura sahifasida yozilgan: tartibni örnatgan bölsangiz alohida tugmada turadi, örnatmagan bölsangiz öşa sahifadan nusxa olsangiz böladi.

Konvertorimiz esa qaysi belgini yozganingizdan qatʼi nazar tuşunadi va natijada doim ʼ qöyadi.