Foydalaniş şartlari
Amaldagi tahrir: 2026-yil 10-sentabr
Xizmat nima
Yangiça — özbek yozuvlari orasida matn ögiradigan bepul vosita, unga qöşimça maʼlumotnoma va klaviaturalar. Xizmatdan foydalaniş şu şartlarni qabul qiliş demakdir.
Bepul va röyxatdan ötmasdan
Konvertor va klaviaturalar bepul. Röyxatdan ötiş talab qilinmaydi, matn hajmiga çeklov qöyilmaydi, reklama körsatilmaydi. Bu şart keyin ham özgarmaydi.
Natijani tekşiring
Imlo qoidalarining yangi tahriri hali çop etilmagan, şuning uçun umumiy qoida atoqli otlar, qisqartmalar va özlaşmalarda yanglişişi mumkin. Muhim hujjat, bosma naşr yoki rasmiy murojaat uçun natijani albatta közdan keçiring.
Biz rasmiy organ emasmiz
Yangiça — mustaqil loyiha. U davlat xizmati emas va rasmiy imlo qoidalarining örnini bosmaydi. Rasmiy hujjatda qaysi şakl talab qilinişiga şubha bölsa, tegişli organga murojaat qiling.
Huquqlar
Sayt matnlari, dizayni, dasturiy kodi va istisnolar luğati mualliflik huquqi bilan himoyalangan. Ögirilgan matn esa sizniki: biz unga heç qanday huquq daʼvo qilmaymiz, nusxasini saqlamaymiz va körmaymiz ham.
Foydalaniş çegaralari
Xizmatga zarar yetkazadigan, uni işdan çiqaradigan yoki avtomatik ravişda ommaviy sörov yuboradigan harakatlar taqiqlanadi. Katta hajmni muntazam ögiriş kerak bölsa — yozing, taşkilotlar uçun alohida yöl tayyorlanmoqda.
Javobgarlik
Xizmat qanday bölsa, şundayligiça beriladi. Uzluksiz işlaşini va natijaning har bir holatda töğriligini kafolatlay olmaymiz. Xizmatdan foydalaniş natijasida yetkazilgan zarar uçun javobgarlikni zimmamizga ololmaymiz.
Şartlarning özgarişi
Şartlar özgarişi mumkin, amaldagi tahrir sanasi yuqorida körsatilgan. Kelib çiqadigan nizolar Özbekiston Respublikasi qonunçiligiga muvofiq hal etiladi.