Foydalanish shartlari
Amaldagi tahrir: 2026-yil 10-sentabr
Xizmat nima
Yangicha — oʻzbek yozuvlari orasida matn oʻgiradigan bepul vosita, unga qoʻshimcha maʼlumotnoma va klaviaturalar. Xizmatdan foydalanish shu shartlarni qabul qilish demakdir.
Bepul va roʻyxatdan oʻtmasdan
Konvertor va klaviaturalar bepul. Roʻyxatdan oʻtish talab qilinmaydi, matn hajmiga cheklov qoʻyilmaydi, reklama koʻrsatilmaydi. Bu shart keyin ham oʻzgarmaydi.
Natijani tekshiring
Imlo qoidalarining yangi tahriri hali chop etilmagan, shuning uchun umumiy qoida atoqli otlar, qisqartmalar va oʻzlashmalarda yanglishishi mumkin. Muhim hujjat, bosma nashr yoki rasmiy murojaat uchun natijani albatta koʻzdan kechiring.
Biz rasmiy organ emasmiz
Yangicha — mustaqil loyiha. U davlat xizmati emas va rasmiy imlo qoidalarining oʻrnini bosmaydi. Rasmiy hujjatda qaysi shakl talab qilinishiga shubha boʻlsa, tegishli organga murojaat qiling.
Huquqlar
Sayt matnlari, dizayni, dasturiy kodi va istisnolar lugʻati mualliflik huquqi bilan himoyalangan. Oʻgirilgan matn esa sizniki: biz unga hech qanday huquq daʼvo qilmaymiz, nusxasini saqlamaymiz va koʻrmaymiz ham.
Foydalanish chegaralari
Xizmatga zarar yetkazadigan, uni ishdan chiqaradigan yoki avtomatik ravishda ommaviy soʻrov yuboradigan harakatlar taqiqlanadi. Katta hajmni muntazam oʻgirish kerak boʻlsa — yozing, tashkilotlar uchun alohida yoʻl tayyorlanmoqda.
Javobgarlik
Xizmat qanday boʻlsa, shundayligicha beriladi. Uzluksiz ishlashini va natijaning har bir holatda toʻgʻriligini kafolatlay olmaymiz. Xizmatdan foydalanish natijasida yetkazilgan zarar uchun javobgarlikni zimmamizga ololmaymiz.
Shartlarning oʻzgarishi
Shartlar oʻzgarishi mumkin, amaldagi tahrir sanasi yuqorida koʻrsatilgan. Kelib chiqadigan nizolar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq hal etiladi.