Asosiy qismga oʻtish
yangiça

Tashkilotlar uchun

Bitta matnni oʻgirish — bir soniyalik ish, va u hammaga bepul. Tahririyat arxivi yoki kompaniya hujjatlari esa boshqa masala: u yerda oqim bor, muddat bor va javob beradigan odam bor.

Abadiy bepul qoladigani

  • Saytdagi va botdagi konvertor — hajmiga cheklov qoʻyilmaydi.
  • Barcha klaviaturalar va tugmalar joylashuvi.
  • Alifbo maʼlumotnomasi, soʻz sahifalari va yangiliklar.
  • Maktab va oʻquv materiallari — bosib chiqariladigan hammasi.

Tashkilotlar uchun nima qilamiz

  • Arxivni toʻplab oʻgirish: docx, subtitrlar, jadvallar — sahifalash va uslublar joyida qoladi.
  • Dasturchilar uchun API: oʻgirish sizning tizimingiz ichida chaqiriladi.
  • Word va Google Docs uchun qoʻshimchalar.
  • Kompaniya ichiga joriy qilish: shartnoma, muddat va javob beradigan odam.

Hozir qancha turadi

Hozir bularning hammasi bepul va cheklovsiz. Muntazam va koʻp kerak boʻlsa — yozing, shartlarni gaplashib olamiz. Oldindan aytib qoʻyamiz: bir kun kelib bu ish pullik boʻlsa, u faqat shu roʻyxatga tegadi, konvertorga emas.

Maktablar, oʻqituvchilar va oʻquv materiallari bu suhbatdan tashqarida. Ular uchun hech qachon pul soʻramaymiz.

Bizga yozing

Konvertorga qaytish