Asosiy qismga oʻtish
yangiça

Maxfiylik siyosati

Amaldagi tahrir: 2026-yil 10-sentabr

Qisqacha

Biz shaxsiy maʼlumot yigʻmaymiz. Konvertorga kiritilgan matn qurilmangizdan chiqmaydi. Roʻyxatdan oʻtish, kuki va tashqi analitika yoʻq.

Konvertordagi matn

Oʻgirish toʻliq brauzeringiz ichida bajariladi. Matn serverga yuborilmaydi, saqlanmaydi va jurnalga yozilmaydi. Buni tekshirish oson: internetni oʻchiring — konvertor ishlayveradi.

Brauzeringizda saqlanadigani

Tanlagan tilingiz va koʻrinish, sahifalarning tarmoqsiz ishlashi uchun nusxasi, konvertordagi oxirgi matningiz (yopilgan oyna uni yoʻqotmasin deb), oxirgi oʻgirishlar roʻyxati va yozuv mashqi natijalari. Bularning hammasi qurilmangizda qoladi va bizga yuborilmaydi; brauzer maʼlumotlarini tozalasangiz, ular ham oʻchadi.

Havola bilan ulashish

«Havolani nusxa olish» tugmasi matnni manzilning oʻzida joylashtiradi. Bunday havolani kimga yuborsangiz, matnni oʻsha odam koʻradi — maxfiy matn bilan ehtiyot boʻling. Havola bizning serverimizda saqlanmaydi.

Materiallar hisobi

Bosib chiqariladigan material yuklanganda brauzer bizning oʻz manzilimizga bitta boʻsh soʻrov yuboradi — unda faqat materialning nomi boʻladi. Bu qaysi varaq kerakligini bilish uchun: kuki ham, identifikator ham, matn ham yuborilmaydi.

Xato haqida xabar

Natijadagi soʻzni belgilab «Yuborish» ni bossangiz, bizga faqat oʻsha soʻz, uning matningizdagi asli va siz yozgan tuzatma (agar yozsangiz) yetib boradi. Matningizning qolgan qismi, kim ekaningiz va qanday qurilmadan kirganingiz yuborilmaydi. Yuborishdan oldin nima ketishini soʻzma-soʻz koʻrsatamiz.

Kuki va analitika

Kuki ishlatilmaydi. Kuzatuv piksellari va reklama tarmoqlari yoʻq, shriftlar oʻz serverimizdan beriladi. Yagona tashqi skript — Cloudflare Web Analytics: u nechta sahifa ochilganini sanaydi, kuki qoʻymaydi va shaxsiy maʼlumot yigʻmaydi.

Server jurnallari

Sahifani ochganingizda hosting darajasida odatiy texnik yozuv qolishi mumkin: soʻrov vaqti, sahifa manzili, brauzer turi va IP manzil. Ular xizmatning ishlashi va suiisteʼmolni aniqlash uchun kerak, reklama uchun ishlatilmaydi.

Uchinchi shaxslar

Maʼlumotlaringizni hech kimga sotmaymiz va bermaymiz. Yagona istisno — qonun bevosita talab qilgan holat.

Bolalar

Xizmat hamma uchun ochiq va shaxsiy maʼlumot soʻramaydi, shuning uchun yosh chegarasi belgilanmagan.

Oʻzgarishlar va aloqa

Siyosat oʻzgarishi mumkin, amaldagi tahrir sanasi yuqorida. Savolingiz boʻlsa yoki maʼlumotlaringizga daxldor biror narsani soʻramoqchi boʻlsangiz — yozing.