Asosiy qismga ötiş
yangiça

Maxfiylik siyosati

Amaldagi tahrir: 2026-yil 10-sentabr

Qisqaça

Biz şaxsiy maʼlumot yiğmaymiz. Konvertorga kiritilgan matn qurilmangizdan çiqmaydi. Röyxatdan ötiş, kuki va taşqi analitika yöq.

Konvertordagi matn

Ögiriş töliq brauzeringiz içida bajariladi. Matn serverga yuborilmaydi, saqlanmaydi va jurnalga yozilmaydi. Buni tekşiriş oson: internetni öçiring — konvertor işlayveradi.

Brauzeringizda saqlanadigani

Tanlagan tilingiz va köriniş, sahifalarning tarmoqsiz işlaşi uçun nusxasi, konvertordagi oxirgi matningiz (yopilgan oyna uni yöqotmasin deb), oxirgi ögirişlar röyxati va yozuv maşqi natijalari. Bularning hammasi qurilmangizda qoladi va bizga yuborilmaydi; brauzer maʼlumotlarini tozalasangiz, ular ham öçadi.

Havola bilan ulaşiş

«Havolani nusxa oliş» tugmasi matnni manzilning özida joylaştiradi. Bunday havolani kimga yuborsangiz, matnni öşa odam köradi — maxfiy matn bilan ehtiyot böling. Havola bizning serverimizda saqlanmaydi.

Materiallar hisobi

Bosib çiqariladigan material yuklanganda brauzer bizning öz manzilimizga bitta böş sörov yuboradi — unda faqat materialning nomi böladi. Bu qaysi varaq kerakligini biliş uçun: kuki ham, identifikator ham, matn ham yuborilmaydi.

Xato haqida xabar

Natijadagi sözni belgilab «Yuboriş» ni bossangiz, bizga faqat öşa söz, uning matningizdagi asli va siz yozgan tuzatma (agar yozsangiz) yetib boradi. Matningizning qolgan qismi, kim ekaningiz va qanday qurilmadan kirganingiz yuborilmaydi. Yuborişdan oldin nima ketişini sözma-söz körsatamiz.

Kuki va analitika

Kuki işlatilmaydi. Kuzatuv piksellari va reklama tarmoqlari yöq, şriftlar öz serverimizdan beriladi. Yagona taşqi skript — Cloudflare Web Analytics: u neçta sahifa oçilganini sanaydi, kuki qöymaydi va şaxsiy maʼlumot yiğmaydi.

Server jurnallari

Sahifani oçganingizda hosting darajasida odatiy texnik yozuv qolişi mumkin: sörov vaqti, sahifa manzili, brauzer turi va IP manzil. Ular xizmatning işlaşi va suiisteʼmolni aniqlaş uçun kerak, reklama uçun işlatilmaydi.

Uçinçi şaxslar

Maʼlumotlaringizni heç kimga sotmaymiz va bermaymiz. Yagona istisno — qonun bevosita talab qilgan holat.

Bolalar

Xizmat hamma uçun oçiq va şaxsiy maʼlumot söramaydi, şuning uçun yoş çegarasi belgilanmagan.

Özgarişlar va aloqa

Siyosat özgarişi mumkin, amaldagi tahrir sanasi yuqorida. Savolingiz bölsa yoki maʼlumotlaringizga daxldor biror narsani söramoqçi bölsangiz — yozing.