Asosiy qismga ötiş
yangiça

2 daqiqa öqişga

Nima uçun aynan ö ğ ş ç

ö, ğ, ş, ç — törtalasi ham turk alifbosida bor, uçtasi ozarbayjon alifbosida ham. Yangi belgilar öylab topilmadi, tayyorlari olindi.

Nega bu muhim

Eng köp beriladigan savol şu bölişi kerak edi, lekin uni kam söraşadi: “Endi şrift sotib oliş, dasturlarni almaştiriş kerakmi?” Javob — yöq.

Bu harflar Unicode standartining latin-ext qismida turadi. Turk va ozarbayjon tillari tufayli ular öttiz yildan beri barça operatsion tizimlarning asosiy şriftlariga kiritilgan. Windows, macOS, Android, iPhone, Linux — hammasida bor. Word ham, brauzer ham, telefon ham ularni heç qanday qöşimça işsiz körsatadi.

Agar öylab topilgan yangi belgi kiritilganida, ahvol butunlay boşqaça bölardi: şriftlar yangilanişini kutiş, eski qurilmalarda kvadratçalar, bosmaxonalarda muammo.

Klaviatura boşqa masala

Şrift bilan hammasi joyida, klaviatura bilan esa yöq: standart lotin tartibida bu harflar uçun tugma yöq. Aynan şuning uçun biz tartiblar va körsatmalar tayyorlaymiz — Klaviatura sahifasiga qarang.

Alifbodagi örni

Harflar tartibi ham turk va ozarbayjon alifbolaridagidek berilgan: ç b dan keyin, ğ g dan keyin, ö o dan keyin, ş s dan keyin.

Bu dasturçilar uçun muhim: oddiy saralaşda ö va ğ z dan keyin ketib qoladi, çunki ularning kod raqami kattaroq. Töğri tartib uçun maxsus soliştiriş kerak — bu haqda dasturçilar uçun alohida sahifamiz bor.

Imlo qoidalarining yangi tahriri hali çop etilmagan, şuning uçun rasmiy tartib eʼlon qilinişi bilan jadvalimizni yangilaymiz.