Asosiy qismga ötiş
yangiça

Yangilangan · 4 daqiqa öqişga

Özbek alifbosi tarixi: arab yozuvidan 2026-yilgaça

Bir asrda özbek tili tört marta yozuvini almaştirdi. 2026-yilgi islohot — beşinçi emas, aksinça: u 1993-yilda boşlangan işni oxiriga yetkazadi.

Arab yozuvi — 1929-yilgaça

Özbek tili ming yildan ortiq arab yozuvida yozilgan. Navoiy ham, Bobur ham şu yozuvda yozgan.

1929: birinçi lotin

1929-yilda yozuv lotinga ötkazildi. Bu butun sovet şarqida bölgan jarayonning bir qismi edi.

1940: kirill

Ön bir yildan keyin yozuv yana almaştirildi — bu safar kirillga. Kirill yozuvi ellik yildan ortiq yagona yozuv bölib qoldi va bugungaça keng işlatiladi.

1993: lotinga qaytiş — va ö ğ ş ç

1993-yil 2-sentabrda «Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini joriy etiş töğrisida»gi qonun qabul qilindi.

Eng qiziq tafsilot şu yerda. Öşa alifboda ç, ğ, ö, ş harflari allaqaçon bor edi — yaʼni aynan öşalar, qaysilariga 2026-yilda qaytilyapti.

1995: harflar olib taşlandi

Ikki yildan keyin alifboga özgartiriş kiritildi: diakritik belgili harflar olib taşlanib, örniga harf birikmalari va teskari apostrof qöyildi. ö oʻ böldi, ğ — gʻ, ş — sh, ç — ch.

Rasmiy sabab sifatida inglizça klaviaturada yozişni osonlaştiriş körsatilgan. Matbuotda boşqa sabab ham aytiladi — Turkiya bilan munosabatlarning sovuşi. Bu masala bahsli, şuning uçun biz bir tomonini tanlamaymiz: ikkala izoh ham manbalarda uçraydi.

Natija esa bahssiz. Klaviaturada yoziş osonlaşmadi: apostrof tugmasi baribir yöq, odamlar uni ', ’, ` bilan almaştira boşladi, va yigirma yil davomida bir söz beş xil yozildi. sh va ch esa yangi muammo tuğdirdi: Isʼhoq dagi kabi ajratgiç kerak bölib qoldi.

2018–2023: tuzatişga urinişlar

Alifboni tuzatiş bir neça marta muhokama qilindi. 2021-yilda Vazirlar Mahkamasi bosqiçma-bosqiç töliq ötiş haqida qaror qabul qildi, 2023-yilda işçi guruh törtta harfni özgartirişni taklif qildi. Heç biri oxiriga yetmadi.

2026: qaytiş

2026-yil 7-iyulda Qonunçilik palatasi, 10-sentabrda Senat alifboning yangi variantini maʼqulladi: 28 ta harf va tutuq belgisi. oʻ örniga ö, gʻ örniga ğ, sh örniga ş, ch örniga ç.

Yaʼni törtta harf 1995-yilda olib taşlangan joyiga qaytadi. Muddatlar va qonunning holati haqida alohida sahifamiz bor.

Manbalar