Asosiy qismga oʻtish
yangiça

Qaysi shriftlar buziladi

Toʻrt yangi belgidan ö va ç Latin-1 toʻplamiga kiradi va deyarli hamma shriftda bor. ğ va ş esa Latin Extended-A da — shriftlar aynan shu yerda qoqiladi. Tutuq belgisi ʼ dan esa ahvol yana yomonroq.

Nima tekshirildi

133
tizimdagi shrift
200
Google Fonts oilasi
58
harflari toʻliq emas
139
tutuq belgisi yoʻq

Google Fonts

Eng koʻp ishlatiladigan 200 ta oila. Tekshirilgani — Google saytga aynan nimani yuborishi: shriftning oʻzida harf boʻlishi mumkin, ammo brauzerga ketadigan boʻlakda yoʻq. Lato aynan shunday.

ShriftTuriYoʻq belgilar
LatoSans Serifğ ş
Noto Sans JPSans Serifğ ş
Noto Sans KRSans Serifğ ş
Noto Sans TCSans Serifğ ş
Share TechSans Serifğ ş
Noto Color EmojiSans Serifö ğ ş ç
Noto Sans SCSans Serifğ ş
Lobster TwoDisplayğ ş
Noto Serif JPSerifğ ş
AssistantSans Serifğ ş
Changa OneDisplayğ ş
Nanum GothicSans Serifö ğ ş ç
Lilita OneDisplayğ ş
FredokaSans Serifğ ş
OrbitronSans Serifğ ş
RamabhadraSans Serifö ğ ş ç
Anek TeluguSans Serifğ ş
TajawalSans Serifğ ş
ArvoSerifğ ş
Gravitas OneDisplayğ ş
AbelSans Serifğ ş
ABeeZeeSans Serifğ ş
Zen Kaku Gothic NewSans Serifğ ş
SatisfyHandwritingğ ş
AlmaraiSans Serifğ ş
IBM Plex Sans ArabicSans Serifğ ş
Nanum MyeongjoSerifö ğ ş ç
Oleo ScriptDisplayğ ş
Permanent MarkerHandwritingğ ş
Noto Serif TCSerifğ ş
Zen Maru GothicSans Serifğ ş
Noto Serif KRSerifğ ş
Noto Serif SCSerifğ ş
DeliusHandwritingğ ş

Tizim va ofis shriftlari

Word va InDesign da matn shu shriftlarda teriladi. Roʻyxatda faqat buzilganlari. Tekshirish macOS da oʻtkazilgan, shuning uchun roʻyxatga iyeroglif yozuvlari uchun qilingan shriftlar ham tushgan — lotin matni ular bilan kam teriladi.

ShriftYoʻq belgilarQaysi uslubda
Academy Engraved LETğhammasida
Arial Rounded MT Boldğ şhammasida
Bodoni 72 Oldstyleğ şhammasida
Bodoni 72 Smallcapsğ şhammasida
Chalkboardğhammasida
Chalkdusterğhammasida
Euphemia UCASğ şhammasida
Galvjiğ şhammasida
Gill Sansğ şRegular, Italic, Bold Italic, SemiBold, SemiBold Italic, Light Italic
Hiragino Kaku Gothic Proğhammasida
Hiragino Kaku Gothic ProNğhammasida
Hiragino Kaku Gothic Stdğ şhammasida
Hiragino Kaku Gothic StdNğ şhammasida
Hiragino Maru Gothic Proğhammasida
Hiragino Maru Gothic ProNğhammasida
Hiragino Mincho Proğhammasida
Hiragino Mincho ProNğhammasida
Hiragino Sansğ şhammasida
Optimağ şhammasida
Party LETğhammasida
Plantagenet Cherokeeğ şhammasida
Shree Devanagari 714ğ şhammasida
Songti SCğ şBlack
Sukhumvit Setğ şhammasida

Tutuq belgisi — alohida holat

Tutuq belgisi ʼ — U+02BC, alifboning beshinchi belgisi. Koʻp shriftda u yoʻq, va brauzer uni boshqa shriftdan oladi: satr notekis koʻrinadi. Oddiy apostrof ' bilan almashtirish yechim emas — bu boshqa belgi.

Nima qilish kerak

Shrift buzilgan boʻlsa — almashtiring. Bir oilaning ichida chora yoʻq: brauzer ham, InDesign ham yetishmagan harfni boshqa shriftdan oladi, harflar bir-biriga mos kelmay, matn yamoq-yamoq boʻlib koʻrinadi.

Shrift nomini yozing — qurilmangizda oʻrnatilgan shrift tekshiriladi.

Qanday tekshirildi. Har bir shriftning belgilar jadvali (cmap) da U+00F6, U+011F, U+015F, U+00E7 va U+02BC kodlari qidirildi — koʻz bilan emas, dastur bilan. Tizim shriftlari shu kompyuterdan olindi, Google Fonts esa brauzer oladigan koʻrinishda yuklab tekshirildi. Tekshirilgan sana: 2026-09-17