Asosiy qismga oʻtish
yangiça

macOS

Tayyor joylashuv fayli — bugunoq yuklab olsa boʻladi

Yuklab olish

Hozircha oʻrnatgichsiz

Imzolangan oʻrnatgich keyinroq chiqadi — u ikki bosishda oʻrnatiladi. Ammo joylashuv faylining oʻzini hoziroq olsangiz boʻladi: u shunchaki papkaga koʻchiriladi, administrator huquqi ham, begona dastur ham kerak emas.

Oʻrnatish

  1. Yuqoridagi tugmadan kerakli joylashuvni yuklab oling.
  2. Faylni ~/Library/Keyboard Layouts/ papkasiga koʻchiring. Finderda: Go → Go to Folder, oʻsha yoʻlni yozing. Papka yoʻq boʻlsa — yarating.
  3. Tizimdan chiqib, qaytadan kiring. macOS klaviatura joylashuvlarini faqat tizimga kirishda oʻqiydi — bu qadamsiz joylashuv roʻyxatda koʻrinmaydi.
  4. Tizim sozlamalari → Klaviatura → Matn kiritish manbalari → «+». Roʻyxatning eng pastidagi Other boʻlimini oching va Oʻzbek — Yangicha ni tanlang.
  5. Menyu satridagi belgi yoki Ctrl+Boʻshliq bilan joylashuvlar orasida almashing.

Ikkita joylashuv bor. Oʻzbek — Yangicha da odatdagi lotin tugmalari oʻz oʻrnida qoladi, yangi harflar Option bilan chiqadi — koʻp yozadiganlar uchun qulayroq. Oʻzbek — Yangicha (alohida tugmali) da esa ö ğ ş ç alohida tugmalarda turadi.

Qaysi tugmada nima

Tugmalar joylashuvi
Tugma ustiga sichqonchani olib boring — yoki uni haqiqiy klaviaturada bosing: sxema nima kelganini koʻrsatadi.
Yangi harflar keladimi:öğşçʼ

Tekshirish

Quyidagi maydonga yozib koʻring — toʻrttala harf ham chiqsa, hammasi joyida.

Tezkor yoʻllar

Har qanday tizimda ishlaydigan zaxira yoʻl: kerakli harfni shu yerdan nusxa olish. Bosing — nusxa olinadi.

Klaviatura oʻrnatmasdan

Agar hozir hech narsa oʻrnatgingiz kelmasa — matnni konvertorda oʻgiring va nusxa oling. Bu bir necha soniyalik ish va telefonda ham xuddi shunday ishlaydi.

Konvertor