Asosiy qismga ötiş
yangiça

macOS

Tayyor joylaşuv fayli — bugunoq yuklab olsa böladi

Yuklab oliş

Hozirça örnatgiçsiz

Imzolangan örnatgiç keyinroq çiqadi — u ikki bosişda örnatiladi. Ammo joylaşuv faylining özini hoziroq olsangiz böladi: u şunçaki papkaga köçiriladi, administrator huquqi ham, begona dastur ham kerak emas.

Örnatiş

  1. Yuqoridagi tugmadan kerakli joylaşuvni yuklab oling.
  2. Faylni ~/Library/Keyboard Layouts/ papkasiga köçiring. Finderda: Go → Go to Folder, öşa yölni yozing. Papka yöq bölsa — yarating.
  3. Tizimdan çiqib, qaytadan kiring. macOS klaviatura joylaşuvlarini faqat tizimga kirişda öqiydi — bu qadamsiz joylaşuv röyxatda körinmaydi.
  4. Tizim sozlamalari → Klaviatura → Matn kiritiş manbalari → «+». Röyxatning eng pastidagi Other bölimini oçing va Oʻzbek — Yangicha ni tanlang.
  5. Menyu satridagi belgi yoki Ctrl+Böşliq bilan joylaşuvlar orasida almaşing.

Ikkita joylaşuv bor. Oʻzbek — Yangicha da odatdagi lotin tugmalari öz örnida qoladi, yangi harflar Option bilan çiqadi — köp yozadiganlar uçun qulayroq. Oʻzbek — Yangicha (alohida tugmali) da esa ö ğ ş ç alohida tugmalarda turadi.

Qaysi tugmada nima

Tugmalar joylaşuvi
Tugma ustiga siçqonçani olib boring — yoki uni haqiqiy klaviaturada bosing: sxema nima kelganini körsatadi.
Yangi harflar keladimi:öğşçʼ

Tekşiriş

Quyidagi maydonga yozib köring — törttala harf ham çiqsa, hammasi joyida.

Tezkor yöllar

Har qanday tizimda işlaydigan zaxira yöl: kerakli harfni şu yerdan nusxa oliş. Bosing — nusxa olinadi.

Klaviatura örnatmasdan

Agar hozir heç narsa örnatgingiz kelmasa — matnni konvertorda ögiring va nusxa oling. Bu bir neça soniyalik iş va telefonda ham xuddi şunday işlaydi.

Konvertor