Asosiy qismga oʻtish
yangiça

Loyiha haqida

Bepul vositalar toʻplami: konvertor, klaviaturalar va maʼlumotnoma.

Bu nima

2026-yilgi islohotdan keyin mamlakatda bir necha yil davomida uchta yozuv bir vaqtda ishlatiladi: eski lotin, yangi lotin va kirill. Bu koʻpchilik uchun kundalik ish — hujjat, xat, eʼlon, sayt. Biz shu ishni bir necha soniyaga qisqartiradigan vositalarni yigʻyapmiz. Hammasi bepul.

Kim qilyapti

Loyiha mustaqil, hech qanday tashkilot buyurtmasi bilan emas. Agar xatoni koʻrsangiz yoki soʻz notoʻgʻri oʻgirilsa — yozing, tuzatamiz. Har bir shikoyat lugʻatga yozuv va testga qator boʻlib qoʻshiladi.

Maxfiylik

Konvertor toʻliq brauzeringizda ishlaydi. Matn serverga yuborilmaydi, saqlanmaydi va jurnalga yozilmaydi. Shriftlar oʻz serverimizdan beriladi, kuki yoʻq. Sahifalar sonini sanaydigan bitta hisoblagich bor — u kuki qoʻymaydi va sizni taniy olmaydi. Buni ishonch bilan emas, brauzeringizning tarmoq boʻlimini ochib tekshirish bilan bilib olsangiz boʻladi.

Pul

Bu chiqarilishda pul yoʻq: reklama ham, obuna ham, cheklov ham yoʻq. Xohlagan odam bir piyola qahva ulashishi mumkin — bu hech narsani oʻzgartirmaydi va hech qanday qoʻshimcha imkon bermaydi. Keyinchalik oddiy foydalanuvchiga xalaqit qilmaydigan yoʻllar paydo boʻlishi mumkin — tashkilotlar uchun API va hujjatlarni toʻplab oʻgirish. Konvertorning oʻzi, klaviaturalar va oʻquv materiallari har doim bepul qoladi.

Aloqa

Xato, taklif yoki hamkorlik boʻyicha yozing: salom@yangicha.uz

Manbalar

Alifbo islohoti 2026-yil 10-sentabrda Oliy Majlis Senati tomonidan maʼqullangan. Muddatlar Vazirlar Mahkamasi dasturida belgilanadi, imlo qoidalarining yangi tahriri hali chop etilmagan. Yangilanishlarni yangiliklar boʻlimida yozib boramiz.

Hujjatlar

Amaldagi tahrir: 2026-yil 10-sentabr

Istisnolar lugʻati — 2026.09.1-tahrir. Bu lugʻat Chelsea kabi atoqli otlarni umumiy qoidadan chetlab oʻtkazadi.