Asosiy qismga ötiş
yangiça

Loyiha haqida

Bepul vositalar töplami: konvertor, klaviaturalar va maʼlumotnoma.

Bu nima

2026-yilgi islohotdan keyin mamlakatda bir neça yil davomida uçta yozuv bir vaqtda işlatiladi: eski lotin, yangi lotin va kirill. Bu köpçilik uçun kundalik iş — hujjat, xat, eʼlon, sayt. Biz şu işni bir neça soniyaga qisqartiradigan vositalarni yiğyapmiz. Hammasi bepul.

Kim qilyapti

Loyiha mustaqil, heç qanday taşkilot buyurtmasi bilan emas. Agar xatoni körsangiz yoki söz notöğri ögirilsa — yozing, tuzatamiz. Har bir şikoyat luğatga yozuv va testga qator bölib qöşiladi.

Maxfiylik

Konvertor töliq brauzeringizda işlaydi. Matn serverga yuborilmaydi, saqlanmaydi va jurnalga yozilmaydi. Şriftlar öz serverimizdan beriladi, kuki yöq. Sahifalar sonini sanaydigan bitta hisoblagiç bor — u kuki qöymaydi va sizni taniy olmaydi. Buni işonç bilan emas, brauzeringizning tarmoq bölimini oçib tekşiriş bilan bilib olsangiz böladi.

Pul

Bu çiqarilişda pul yöq: reklama ham, obuna ham, çeklov ham yöq. Xohlagan odam bir piyola qahva ulaşişi mumkin — bu heç narsani özgartirmaydi va heç qanday qöşimça imkon bermaydi. Keyinçalik oddiy foydalanuvçiga xalaqit qilmaydigan yöllar paydo bölişi mumkin — taşkilotlar uçun API va hujjatlarni töplab ögiriş. Konvertorning özi, klaviaturalar va öquv materiallari har doim bepul qoladi.

Aloqa

Xato, taklif yoki hamkorlik böyiça yozing: salom@yangicha.uz

Manbalar

Alifbo islohoti 2026-yil 10-sentabrda Oliy Majlis Senati tomonidan maʼqullangan. Muddatlar Vazirlar Mahkamasi dasturida belgilanadi, imlo qoidalarining yangi tahriri hali çop etilmagan. Yangilanişlarni yangiliklar bölimida yozib boramiz.

Hujjatlar

Amaldagi tahrir: 2026-yil 10-sentabr

Istisnolar luğati — 2026.09.1-tahrir. Bu luğat Chelsea kabi atoqli otlarni umumiy qoidadan çetlab ötkazadi.