Asosiy qismga oʻtish
yangiça

Bosib chiqariladigan materiallar

Maktab darsliklari yangi alifboga 2031-yilga qadar oʻtadi — qonunda atalgan yagona muddat shu. Bu sahifa oʻqituvchi, ota-ona va oʻquvchi uchun: bosib chiqardingiz — ishlatdingiz.

Materiallar norasmiy

Imlo qoidalarining yangi tahriri hali chop etilmagan. Materiallar qonun matni boʻyicha tayyorlangan, har bir varaqda versiya sanasi turibdi. Rasmiy qoidalar chiqishi bilan yangilaymiz.

Versiya 2026-09-15

Tugmalar uchun yopishqoqlar

Oʻzi yopishadigan A4 qogʻozga bosing, kesing va klaviaturaga yopishtiring. Bir varaqda ikki oʻlcham: 18 mm noutbuk uchun, 19 mm toʻliq klaviatura uchun. Har bir yopishqoq tagida qaysi tugmaga ekani yozilgan.

Yopishqoqlar qaysi tugmaga tushishini shu yerda koʻring — aynan shu koʻrinishni olasiz.
`1234567890-=⌫
Tabqwertyuioöp[]\
Capsasşdfgğhjkl;'ʼ⏎
⇧zxcçvbnm,./⇧
fnctrl⌥⌘⌘⌥←→
Yopishqoqlar qaysi tugmaga tushishini shu yerda koʻring — aynan shu koʻrinishni olasiz.
Tugmalar uchun yopishqoqlar

Kesish belgilari boʻyicha kesing. Har bir oʻlchamdan ikki qator: biri ishga, biri zaxiraga.

Sinf uchun plakat

Butun alifbo bitta varaqda: 28 ta harf, tutuq belgisi va pastda «nima nimaga almashdi». Oʻzgargan toʻrt harf ajratib koʻrsatilgan.

Sinf uchun plakat
Sinf uchun plakat

Baʼzi maktablar brendlangan varaqni osmaydi. Toza varaq umuman osilmaganidan koʻra yaxshiroq — pastdagi mayda satr manba sifatida qoladi.

Kesiladigan kartochkalar

A4 varagʻida sakkizta kartochka: bir tomonida harf, ikkinchisida shu harfdan boshlanadigan soʻz. Ikkinchi toʻplamda soʻzning eski va yangi yozuvi — juftlik oʻyini uchun.

Kesiladigan kartochkalar

Ikki tomonlama bosing, varaq uzun tomoni boʻyicha agʻdarilsin — shunda orqa tomon oʻz joyiga tushadi.

Husnixat varaqlari

Harflar nuqtali chiziq bilan berilgan — ustidan chizib chiqing, keyin oʻzingiz yozing. Tayyor toʻplamlarni oling yoki oʻz soʻzlaringizni kiriting: haftalik lugʻat, sinfdagi bolalarning ismlari — nimani xohlasangiz.

Husnixat varaqlari

Yoʻnalish koʻrsatkichlari yoʻq: shrift harfning konturini beradi, chiziqlar tartibini emas. Birinchi sinf uchun taxminan chizilgan koʻrsatkich yoʻqidan yomonroq.

Materiallarda xato topdingizmi? Yozing — tuzatamiz.

PDF sizning brauzeringizda yigʻiladi va hech qayerga ketmaydi. Biz faqat qaysi material necha marta yuklanganini sanaymiz — materialning nomidan boshqa hech narsa yuborilmaydi.