Asosiy qismga ötiş
yangiça

Bosib çiqariladigan materiallar

Maktab darsliklari yangi alifboga 2031-yilga qadar ötadi — qonunda atalgan yagona muddat şu. Bu sahifa öqituvçi, ota-ona va öquvçi uçun: bosib çiqardingiz — işlatdingiz.

Materiallar norasmiy

Imlo qoidalarining yangi tahriri hali çop etilmagan. Materiallar qonun matni böyiça tayyorlangan, har bir varaqda versiya sanasi turibdi. Rasmiy qoidalar çiqişi bilan yangilaymiz.

Versiya 2026-09-15

Tugmalar uçun yopişqoqlar

Özi yopişadigan A4 qoğozga bosing, kesing va klaviaturaga yopiştiring. Bir varaqda ikki ölçam: 18 mm noutbuk uçun, 19 mm töliq klaviatura uçun. Har bir yopişqoq tagida qaysi tugmaga ekani yozilgan.

Yopişqoqlar qaysi tugmaga tuşişini şu yerda köring — aynan şu körinişni olasiz.
`1234567890-=⌫
Tabqwertyuioöp[]\
Capsasşdfgğhjkl;'ʼ⏎
⇧zxcçvbnm,./⇧
fnctrl⌥⌘⌘⌥←→
Yopişqoqlar qaysi tugmaga tuşişini şu yerda köring — aynan şu körinişni olasiz.
Tugmalar uçun yopişqoqlar

Kesiş belgilari böyiça kesing. Har bir ölçamdan ikki qator: biri işga, biri zaxiraga.

Sinf uçun plakat

Butun alifbo bitta varaqda: 28 ta harf, tutuq belgisi va pastda «nima nimaga almaşdi». Özgargan tört harf ajratib körsatilgan.

Sinf uçun plakat
Sinf uçun plakat

Baʼzi maktablar brendlangan varaqni osmaydi. Toza varaq umuman osilmaganidan köra yaxşiroq — pastdagi mayda satr manba sifatida qoladi.

Kesiladigan kartoçkalar

A4 varağida sakkizta kartoçka: bir tomonida harf, ikkinçisida şu harfdan boşlanadigan söz. Ikkinçi töplamda sözning eski va yangi yozuvi — juftlik öyini uçun.

Kesiladigan kartoçkalar

Ikki tomonlama bosing, varaq uzun tomoni böyiça ağdarilsin — şunda orqa tomon öz joyiga tuşadi.

Husnixat varaqlari

Harflar nuqtali çiziq bilan berilgan — ustidan çizib çiqing, keyin özingiz yozing. Tayyor töplamlarni oling yoki öz sözlaringizni kiriting: haftalik luğat, sinfdagi bolalarning ismlari — nimani xohlasangiz.

Husnixat varaqlari

Yönaliş körsatkiçlari yöq: şrift harfning konturini beradi, çiziqlar tartibini emas. Birinçi sinf uçun taxminan çizilgan körsatkiç yöqidan yomonroq.

Materiallarda xato topdingizmi? Yozing — tuzatamiz.

PDF sizning brauzeringizda yiğiladi va heç qayerga ketmaydi. Biz faqat qaysi material neça marta yuklanganini sanaymiz — materialning nomidan boşqa heç narsa yuborilmaydi.