1 daqiqa öqişga
ng bilan nima böldi
Qisqa javob: alifbo röyxatida özgariş bor, matnda yöq.
Nima aynan özgardi
Eski alifboda 26 ta harf va uçta harf birikmasi bor edi: sh, ch, ng. Birikma degani — ikkita harf bilan yozilib, bitta tovuşni bildiradigan narsa.
Yangi alifboda sh va ch örniga bitta belgidan iborat ş va ç keldi. Ular endi birikma emas, haqiqiy harf. ng uçun esa alohida belgi kiritilmadi — u şunçaki birikma maqomini yöqotdi.
Natijada: 28 ta harf va tutuq belgisi ʼ.
Matnga nima böladi
Heç narsa. singil, keng, tong — hammasi avvalgidek ikki harf bilan yoziladi. Konvertordan ötkazsangiz ham bu sözlar özgarmaganini körasiz.
Farq faqat ikki joyda seziladi: alifboni sanaganda va luğatda tartiblaganda. Ilgari ng ni bitta birlik deb hisoblaş kerak edi, endi bu n va g — ikkita oddiy harf.
Nega şunday qilingan
Bu savolga rasmiy izoh berilmagan, şuning uçun taxmin qilmaymiz. Amaliy tomoni esa aniq: ng ni yozişda heç kim heç qaçon xato qilmagan, çunki uni boşqaça yozişning iloji ham yöq edi. Islohot amalda muammo bölgan uçta belgiga tegdi.