Saytingiz uchun vidjet
Bitta qator kod — va maqolangizni oʻquvchi yangi alifboda koʻra oladi. Bir bosishda, orqaga qaytarish ham bir bosish.
Qanday qoʻyiladi
Oʻgiriladigan matnni oʻrab turgan elementga data-yangicha qoʻying va sahifa oxiriga skriptni ulang. Boshqa hech narsa kerak emas.
<div data-yangicha> ...maqola matni... </div> <script src="https://yangicha.uz/vidjet.js" defer></script>
Shu yerda ishlayapti
Quyidagi matn eski imloda yozilgan. Tugmani bosib koʻring — sahifada boshqa hech narsa oʻzgarmaydi.
Toshkent shahrida bugun ochiq havo. Bogʻbon gʻisht terdi, choʻpon qoʻy boqdi. Yangi oʻquv yili boshlandi va maktablarda darslar qizgʻin ketmoqda.
Nima qilmaydi
- Tarmoqqa chiqmaydi. Skript yuklangandan keyin biron joyga soʻrov yubormaydi.
- Kuki qoʻymaydi, hech narsa saqlamaydi, odamni tanimaydi.
- Tugma bosilmaguncha sahifaga tegmaydi, ikkinchi bosishda hammasi joyiga qaytadi.
- Razmetkani, skriptlarni va kiritish maydonlarini umuman oʻzgartirmaydi.
Qoʻshimcha sozlamalar
- Tugma yozuvini almashtirish: data-yangicha-label="Yangicha|Eskicha"
- Tugmani matn tagiga qoʻyish: data-yangicha-button="bottom"
Vidjet va kelgusidagi API hozir bepul, cheklov yoʻq. Tashkilotlar uchun