Saytingiz uçun vidjet
Bitta qator kod — va maqolangizni öquvçi yangi alifboda köra oladi. Bir bosişda, orqaga qaytariş ham bir bosiş.
Qanday qöyiladi
Ögiriladigan matnni örab turgan elementga data-yangicha qöying va sahifa oxiriga skriptni ulang. Boşqa heç narsa kerak emas.
<div data-yangicha> ...maqola matni... </div> <script src="https://yangicha.uz/vidjet.js" defer></script>
Şu yerda işlayapti
Quyidagi matn eski imloda yozilgan. Tugmani bosib köring — sahifada boşqa heç narsa özgarmaydi.
Toşkent şahrida bugun oçiq havo. Boğbon ğişt terdi, çöpon qöy boqdi. Yangi öquv yili boşlandi va maktablarda darslar qizğin ketmoqda.
Nima qilmaydi
- Tarmoqqa çiqmaydi. Skript yuklangandan keyin biron joyga sörov yubormaydi.
- Kuki qöymaydi, heç narsa saqlamaydi, odamni tanimaydi.
- Tugma bosilmagunça sahifaga tegmaydi, ikkinçi bosişda hammasi joyiga qaytadi.
- Razmetkani, skriptlarni va kiritiş maydonlarini umuman özgartirmaydi.
Qöşimça sozlamalar
- Tugma yozuvini almaştiriş: data-yangicha-label="Yangicha|Eskicha"
- Tugmani matn tagiga qöyiş: data-yangicha-button="bottom"
Vidjet va kelgusidagi API hozir bepul, çeklov yöq. Taşkilotlar uçun