Linux
XKB joylashuvi, oʻrnatish qoʻlda
Yuklab olish
Fayl tez orada tayyor boʻladi
Klaviaturalar loyihaning keyingi bosqichida chiqadi. Hozircha matnni konvertorda oʻgirib, nusxa olib qoʻyish mumkin.
Oʻrnatish
- Tartib faylini yuklab oling.
- Uni /usr/share/X11/xkb/symbols/ jildiga uz_new nomi bilan koʻchiring.
- evdev.xml faylida yangi variantni roʻyxatga qoʻshing.
- setxkbmap uz -variant new buyrugʻi bilan yoqing yoki muhitingiz sozlamalaridan tanlang.
Koʻpchilik muhitlarda turk yoki ozarbayjon joylashuvi ham vaqtinchalik yechim boʻladi: ö ğ ş ç oʻsha joylashuvlarda bor. Faqat i harfiga ehtiyot boʻling — turk joylashuvida u boshqacha ishlaydi.
Tekshirish
Quyidagi maydonga yozib koʻring — toʻrttala harf ham chiqsa, hammasi joyida.
Tezkor yoʻllar
Har qanday tizimda ishlaydigan zaxira yoʻl: kerakli harfni shu yerdan nusxa olish. Bosing — nusxa olinadi.
Klaviatura oʻrnatmasdan
Agar hozir hech narsa oʻrnatgingiz kelmasa — matnni konvertorda oʻgiring va nusxa oling. Bu bir necha soniyalik ish va telefonda ham xuddi shunday ishlaydi.
Konvertor