Yangilangan · 3 daqiqa öqişga
Qaçon kuçga kiradi va qanday muddatlar bor
Bu sahifa özgaruvçan narsani kuzatadi, şuning uçun tepada tekşirilgan sana turibdi. Nimadir eʼlon qilinsa — yangilaymiz.
Hozir nima bölgan
- 2026-yil 7-iyul — Qonunçilik palatasi alifbo böyiça qonun loyihasini qabul qilib, Senatga yubordi.
- 2026-yil 10-sentabr — Senat maʼqulladi. Alifbo 28 ta harf va tutuq belgisidan iborat böladi.
- Keyingi qadam — prezident imzosi. Qonun öşandan keyin kuçga kiradi.
Maktab: aniq muddatlar
Bu — hozirça yagona soha, unda raqamlar oçiq aytilgan. Maktabgaça va maktab taʼlimi vaziri örinbosari Azizbek Turdiyevning sözlariga köra:
- 2027-yildan, qonun kuçga kirgaç, birinçi sinf darsliklari har qanday holatda yangi alifboda çop etiladi.
- 2027-yildan 2031-yilgaça barça darsliklar töliq yangilanadi — odatdagi qayta naşr aylanişi içida.
- Buning uçun qöşimça mablağ talab qilinmaydi: darsliklar baribir qayta çop etiladi.
- Qonun kuçga kirgandan söng imtihonlar qonunda belgilangan alifboda ötkaziladi.
Qolgan sohalar: muddat dasturda böladi
Peşlavhalar, körsatkiçlar va binolarni bezaş elementlari jismonan eskirgunga qadar yoki qonunni amalga oşiriş dasturida belgilanadigan muddatlargaça işlatilaveradi. Ilgari berilgan hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qoğozlar amal qiladi — bu haqda alohida sahifamiz bor.
Dasturning özi hali yozilmoqda. Naşriyotlar, davlat organlari, banklar va axborot tizimlari uçun muddatlar öşa yerda böladi.
Imlo qoidalari
Imlo qoidalarining yangi tahriri hali çop etilmagan. Tutuq belgisi qayerda qöyilişi, ayrim sözlar qanday yozilişi va harflar tartibi rasmiy ravişda qanday belgilanişi öşanda aniq böladi. Biz eʼlon qilinişi bilan jadvallarimizni yangilaymiz.
Nima qilsa böladi
Heç narsani kutiş şart emas: matnni yangi alifboda bugunoq yozsa böladi. Konvertor va klaviatura sahifalari şu uçun bor.