Asosiy qismga ötiş
yangiça

iPhone va iPad

Matn almaştiriş orqali bugunoq; ilova keyinroq

Ilova çiqqunça: matn almaştiriş

iOS da örnatilgan mexanizm bor, u beş daqiqada sozlanadi va heç qanday begona dastur talab qilmaydi. Yozişmalar uçun buning özi yetadi.

  1. Sozlamalar → Umumiy → Klaviatura → Matn almaştiriş → “+”.
  2. Har bir juftlik uçun: “Ibora” maydoniga yangi harfni, “Qisqartma” maydoniga ikki harfli birikmani yozing.
  3. Almaştiriş böş joy bosilganda işlaydi.
ooö
ggğ
ssş
ccç
ttʼ
OOÖ
GGĞ
SSŞ
CCÇ

Almaştirişlar iCloud orqali Mac bilan sinxronlanadi, şuning uçun ularni bir marta kompyuterda kiritiş qulayroq — telefonda qölda teriş şart emas.

Özbekçada oo, gg, ss, cc söz içida deyarli uçramaydi, şuning uçun yangliş işlamaydi. Lekin inglizça ham yozsangiz, too, see, all kabi sözlarda almaştiriş işlab ketişi mumkin — bunday paytda almaştirilgan harfni bekor qiliş uçun darhol ⌫ bosing.

Yuklab oliş

Fayl tez orada tayyor böladi

Klaviaturalar loyihaning keyingi bosqiçida çiqadi. Hozirça matnni konvertorda ögirib, nusxa olib qöyiş mumkin.

Örnatiş

  1. Ilovani App Store dan örnating.
  2. Sozlamalar → Umumiy → Klaviatura → Klaviaturalar bölimini oçing.
  3. Yangi klaviatura qöşiş tugmasini bosib, röyxatdan bizning klaviaturamizni tanlang.
  4. Yozayotganda globus tugmasini bosib klaviaturalar orasida almaşing.

Töliq kiriş (Full Access) söralmaydi va kerak ham emas. Bu şuni bildiradiki, klaviatura yozganingizni köra olmaydi va heç qayerga yubora olmaydi.

Tekşiriş

Quyidagi maydonga yozib köring — törttala harf ham çiqsa, hammasi joyida.

Tezkor yöllar

Har qanday tizimda işlaydigan zaxira yöl: kerakli harfni şu yerdan nusxa oliş. Bosing — nusxa olinadi.

Klaviatura örnatmasdan

Agar hozir heç narsa örnatgingiz kelmasa — matnni konvertorda ögiring va nusxa oling. Bu bir neça soniyalik iş va telefonda ham xuddi şunday işlaydi.

Konvertor