Yangi alifbo konvertori
Matnni eski lotin, yangi lotin va kirill yozuvlari orasida ögiring. Tugmani bosiş şart emas — natija siz yozayotganingizda paydo böladi.
Buferdagi matnni oladi, ögiradi va qaytarib qöyadi
175 belgi · 23 söz
162 belgi · 12 yangi harf
Biror söz notöğri ögirildimi? Uni belgilang — xabar berişni taklif qilamiz.
Nozik sozlamalar ▾
Eski imloda Isʼhoq sözidagi tutuq belgisi faqat bitta iş qilardi: sh ni bir tovuş deb öqişdan saqlardi. Endi ş alohida harf, ajratgiçga hojat qolmadi — Isʼhoq oddiygina Ishoq böladi. Yangi imlo qoidalari hali çop etilmagani uçun tanlovni sizga qoldirdik.
Umumiy qoida atoqli otlar va özlaşmalarda yanglişadi: Chelsea Çelsea bölib qolmasligi kerak. Luğatimiz şunday sözlarni qoidadan çetlab ötadi.
Matn serverga yuborilmaydi. Ögiriş brauzeringiz içida bajariladi. Matn heç qayerga yuborilmaydi, saqlanmaydi va jurnalga yozilmaydi. Xohlasangiz internetni öçirib tekşiring — konvertor işlayveradi.
Konvertor, klaviaturalar va maʼlumotnoma — abadiy bepul. Röyxatdan ötiş ham, çeklov ham, reklama ham yöq.
Törtta harf özgardi
Islohot törtta belgiga tegdi. Sözning qolgan qismi özgarmaydi.
oʻ→ö
oʻzbek → özbek
gʻ→ğ
togʻ → toğ
sh→ş
shahar → şahar
ch→ç
choy → çoy
Yangi alifbo haqida qisqaça
2026-yilgi islohot özbek lotin yozuvidagi törtta belgini özgartirdi: oʻ örniga ö, gʻ örniga ğ, sh örniga ş, ch örniga ç. ng endi alohida harf sanalmaydi, matnning özi esa özgarmaydi. Alifboda 28 ta harf va tutuq belgisi ʼ bor.