Asosiy qismga ötiş
yangiça

Yangi alifbo konvertori

Matnni eski lotin, yangi lotin va kirill yozuvlari orasida ögiring. Tugmani bosiş şart emas — natija siz yozayotganingizda paydo böladi.

Buferdagi matnni oladi, ögiradi va qaytarib qöyadi

Ögiriş yönalişi
Qölda tanlaş

Eski → Yangi — aniqlandi

175 belgi · 23 söz

Natija
Assalomu alaykum! Toşkent şahrida bugun oçiq havo. Boğbon ğişt terdi, çöpon qöy boqdi, bolalar esa maktabga şoşildi. Sanʼat va maʼrifat — Ioq boboning ögitlari.

162 belgi · 12 yangi harf

Biror söz notöğri ögirildimi? Uni belgilang — xabar berişni taklif qilamiz.

Nozik sozlamalar ▾

Eski imloda Isʼhoq sözidagi tutuq belgisi faqat bitta iş qilardi: sh ni bir tovuş deb öqişdan saqlardi. Endi ş alohida harf, ajratgiçga hojat qolmadi — Isʼhoq oddiygina Ishoq böladi. Yangi imlo qoidalari hali çop etilmagani uçun tanlovni sizga qoldirdik.

Umumiy qoida atoqli otlar va özlaşmalarda yanglişadi: Chelsea Çelsea bölib qolmasligi kerak. Luğatimiz şunday sözlarni qoidadan çetlab ötadi.

Teskari ögirişda apostrof körinişi

Eski lotinda oʻ va gʻ har xil belgilar bilan yozib kelingan. Standarti — ʻ, lekin köp tizimlarda oddiy tekis apostrof işlatiladi. Matnni qaysi tizim uçun tayyorlayotgan bölsangiz, öşanisini tanlang.

Matn serverga yuborilmaydi. Ögiriş brauzeringiz içida bajariladi. Matn heç qayerga yuborilmaydi, saqlanmaydi va jurnalga yozilmaydi. Xohlasangiz internetni öçirib tekşiring — konvertor işlayveradi.

Konvertor, klaviaturalar va maʼlumotnoma — abadiy bepul. Röyxatdan ötiş ham, çeklov ham, reklama ham yöq.

Törtta harf özgardi

Islohot törtta belgiga tegdi. Sözning qolgan qismi özgarmaydi.

  • oʻ→ö

    oʻzbek → özbek

  • gʻ→ğ

    togʻ → toğ

  • sh→ş

    shahar → şahar

  • ch→ç

    choy → çoy

Alifbo jadvali va izohlar

Yangi alifbo haqida qisqaça

2026-yilgi islohot özbek lotin yozuvidagi törtta belgini özgartirdi: oʻ örniga ö, gʻ örniga ğ, sh örniga ş, ch örniga ç. ng endi alohida harf sanalmaydi, matnning özi esa özgarmaydi. Alifboda 28 ta harf va tutuq belgisi ʼ bor.